Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi. 2050 yilga borib bu miqdor 70 foizga yetishi kutilyapti. Bu haqda COP29 prezidenti Muxtor Babayev shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vazirlarning yuqori darajadagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, atmosferaga asosan transport vositalari va binolardan chiqadigan karbonat angidridning 70 foizi shaharlarga to‘g‘ri keladi.