Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining ma’lum qilishicha, To‘rtko‘l tumanidagi “Ch.Z.” oilaviy korxona ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab, jami 1 milliard 523 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 million so‘mini qoplanishi ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri