Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda.

Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida g‘oyat ulkan vazifalar turgani ta’kidlandi. 

Quyi palatadagi 12 ta qo‘mita o‘rnida 10 ta yangilangan qo‘mita tashkil qilindi. Ilk bor parlamentimizda Tadbirkorlik, raqobat va sanoat qo‘mitasi tuzilgani yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Endi palatadagi qo‘mitalar a’zolari bilim va tajribasini tinimsiz oshirib, mas’uliyatni chuqur his etib, yanada ko‘proq mehnat qilishlari lozimligi, puxta bilim, professional malaka, yuksak fazilat va tafakkurga ega bo‘lgan deputatgina quruq gap va populizmdan yiroq bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

Har bir qo‘mita qoshida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsa, yaxshi samara berishga ishonch bildirildi.

O‘zA