Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda.
O‘tgan besh yil davomida quyi palata samarali faoliyat ko‘rsatgani e’tirof etildi.
Avvalambor, parlamentimizning to‘rtinchi chaqiriq deputatlari mamlakatimizning kelgusi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab bergan Asosiy qonunimizni yangi tahrirda tayyorlash va qabul qilishda jonbozlik ko‘rsatdilar va bu Yangi O‘zbekiston solnomasida yorqin tarixiy voqea sifatida muhrlandi.
Quyi palata tomonidan 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi. Bu – oldingi davrga nisbatan 1,5 karra ko‘p.
Prezidentimiz o‘tgan chaqiriqda faoliyat ko‘rsatgan deputatlarga samarali mehnatlari uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.
O‘zA