Poytaxtimizda “Pandemiya saboqlari va yangi tahdidlarning oldini olish” mavzusida O‘zbekiston infeksionistlari, epidemiologlari, parazitologlari, mikrobiologlari va virusologlarining beshinchi s’ezdi o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizning yetuk mutaxassislari bilan birga Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Belarus, Hindiston, Ozarbayjon, Ukraina va Qozog‘iston kabi davlatlardan olimlar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda ta’kidlanishicha, yurtimizda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda ilmiy-amaliy yondashuv asosida yuqumli kasalliklarni bartaraf etish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar markazining tuman darajasigacha tushgan yaxlit va vertikal boshqaruv tizimlari faoliyat olib bormoqda.
Ahamiyatlisi, qo‘mitaning 14 ta laboratoriya majmualari “ILAC MRA” xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tkazildi.
S’ezdning asosiy maqsadi – yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning dolzarb muammolarini hal etish, ilg‘or tajriba almashish, infeksiyalarni davolash va oldini olish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun infeksionistlar, epidemiologlar, virusologlar hamda boshqa mutaxassislarning harakatlarini birlashtirishdan iborat.
M.Qosimova, O‘zA