Farmatsevtika sohasi inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tarmoqdir. Farmatsevtika sanoatining rivoji, nafaqat dori vositalari ishlab chiqarish, balki tibbiy innovatsiyalar, biotexnologiyalar, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi va sohaga qaratilgan strategik loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va aholi bilan bog‘liq global amaliyot rahbari Rekxi Menon xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda sohani rivojlantirishning muhim masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, Farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy institutlarni takomillashtirish, shuningdek, samarali ekotizimlarni yaratishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda farmatsevtika sanoatini mustahkamlash va ilmiy-ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan strategik loyihalarni amalga oshirish uchun texnik va ekspluatatsion yordam ko‘rsatish mexanizmlari muhokama qilindi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.
M.Hojiakbarova, O‘zA