BAAning Abu-Dabi shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning navbatdagi Bosh assambleyasi o‘tkazildi. Unda tashkilotning 2024 yil yakuni bo‘yicha hisoboti va 2025 yil uchun rejalari ko‘rib chiqildi. Mazkur tadbirda yurtimiz nomidan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev ishtirok etdi.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar De Vos yil davomida o‘tgan tadbirlar haqida to‘xtalar ekan, 21-27 oktyabr kunlari Toshkent mezbonlik qilgan “FEI Jumping World Challenge Final” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilgani haqida to‘xtaldi.

Tadbirda 2025 yilga belgilangan barcha musobaqalar taqvimi va tashkilot byudjeti ko‘rib chiqildi. Tadbir davomida B.G‘oziyev bir qator milliy federatsiyalar rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida suhbatlashdi. Shuningdek, FEI rahbariga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA