Avstraliyada PISA 2025 tadqiqoti – «Milliy loyiha menejerlarining uchinchi uchrashuvi» o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston vakillari ham qatnashmoqda.
Joriy yilning 10–14 noyabr kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida PISA 2025 tadqiqoti «Milliy loyiha menejerlarining uchinchi uchrashuvi» bo‘lib o‘tmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Avstraliyaning ACER tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda 91 ta davlat tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq mutaxassislar qatorida O‘zbekiston vakillari sifatida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Uchrashuvda quyidagi asosiy mavzular muhokama qilinmoqda:
— Tajriba sinovi jarayonlaridan olingan xulosalar va fikr-mulohazalar haqida ma’lumot taqdim etish;
— Asosiy tadqiqotga tayyorgarlik jarayonlari va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish;
— PISA 2025 tadqiqotida yangi innovatsion yo‘nalish bo‘lgan «Raqamli dunyoda o‘rganish» (LDW) bo‘yicha asosiy tadqiqot jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.
— Tabiiy fanlar savodxonligi qamrov doirasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar.
O‘zA