Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 2024 yil 11 iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “MED BO’STON” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan aksiyadorlik tijorat “Aloqa bank” foydasiga 5 milliard 551 million so‘m undiruvni garov mulki bo‘lgan Ellikqal’a tumani Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan qiymati 4,1 million so‘mlik noturar joyga qaratish belgilandi.
Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi hamda garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk hatlab tegishli tartibda qo‘yildi. Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarildi.
O‘tkazilgan auksion savdolarda sotuvga chiqarilgan binoga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulk joriy yilning 12 noyabr kuni qarzdorlik evaziga aksiyadorlik tijorat “Aloqa bank” balansiga o‘tkazib berildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri