Nukus innovatsion instituti moliya kafedrasi tashabbusi bilan 10 noyabr – Xalqaro buxgalterlar kuniga bag‘ishlab “Zamonaviy buxgalteriyada zamonaviy kadrlar” mavzusida talaba- yoshlar o‘rtasida musobaqa uyushtirildi.

Tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh. Madrahimov,  moliya kafedrasi mudiri, professor A.Musagaliyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etdi. Musobaqa oldidan bir qator xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, Moldova texnika universiteti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti, Turkmaniston davlat moliya instituti vakillari “zoom” dasturi orqali o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Musobaqada institutning moliya va moliyaviy texnologiyalar, buxgalteriya hisobi va audit hamda iqtisodiyot yo‘nalishlari talaba-yoshlari ishtirok yetib, 3 ta bosqich bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Musobaqada yakunida birinchi o‘rinni moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi  3-kurs talabalari, ikkinchi o‘rinni ushbu  yo‘nalishning 1-kurs talabalari, uchinchi o‘rinni buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi 3-kurs talabalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqada g‘alaba qozongan jamoalar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari