Juma kuni hindlarning yorug‘lik festivali – Divali ishtirokchilari xavfsizlik qoidasiga umuman rioya qilmadlar. Natijada pirotexnika omborida portlash yuz berib, Nyu-Dehli dunyoning eng iflos shaharlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi.
“Reuters” agentligi xabar berganidek, ushbu hodisa tufayli havo sifati xavfli darajaga ko‘tarildi.
Mahalliy hokimiyat idoralari so‘nggi bir necha yil davomida Oliy sud ko‘rsatmasiga muvofiq, Divali va qish paytida petardadan foydalanishni taqiqlagan. Afsuski, qamoq jazosi tahdidiga qaramay, chora natija bermayapti. Ba’zi guruhlar taqiq festivalga xalaqit beryapti, deya ta’kidlamoqda. Tabiiyki, Dehli hukumati bu qaror odamlar hayotini saqlab qolish uchun qabul qilinganini ta’kidlaydi.
Juma kungi tutun Hindiston shimolidagi fermalarda chiqindi yoqilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Har yili qish boshlanishida havo sifati shu tarzda yomonlashadi, chunki sovuq, og‘ir havo turli manbalardagi ifloslantiruvchi moddalarni ushlab turadi.