Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo sudining 2024 yil 9 sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan bir nafar bola javobgar E.X.dan da’vogar A.N.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib berilishi lozim bo‘lgan bola yashayotgan manzildagi xonadonga borib, javobgarga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibati haqida tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng, javobgar E.X. voyaga yetmagan bolani ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytardi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.