Shimoliy Koreya yangi “Hwasong-19” qit’alararo ballistik raketasi (ICBM) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi va Kim Chen In mamlakat yadroviy qurol vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha “ortga qaytmas” maqomga ega bo‘lganini tasdiqladi.

Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) ma’lumotiga ko‘ra, KXDR Kim Chen In rahbarligida “muhim” raketa sinovini o‘tkazdi va bu mamlakat Qurolli kuchlari “mutlaq ustunligini abadiylashtirish” jarayonining asosiy bosqichlarini belgilab berdi.

– Raketa 7687,5 km balandlikkacha ko‘tarildi, 1001,2 km masofani 5156 soniya – 1 soat 43 daqiqada bosib o‘tdi, – deyilgan xabarda. – Shundan so‘ng Koreya dengizi ochiq suv hududida belgilangan joyga tushdi. Sinovi qo‘shni davlatlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi.

Shimoliy Koreya “ICBM”ni “o‘ta kuchli hujum vositasi” va uzoq masofaga ucha oladigan to‘plamning “oxirgi” turi, deya ta’rifladi. OAV chop etgan suratlarda raketa 11 o‘qli tashuvchi qurilmadan otilgani aks etgan.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosimasa Xayashi voqeaga quyidagicha munosabat bildirgan:

– KXDR uchirgan qit’alararo ballistik raketaning yo‘nalish masofasi oddiy trayektoriya bo‘ylab va jangovar kallak og‘irligiga qarab uchirilganda 15 ming kilometrdan oshib ketishi mumkin.

O‘.Alimov, O‘zA