Qo‘shni Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda, jumladan, shunday deyilgan:

– Zo‘ravonlik unsurlari bo‘lgan dasturlarni taqiqlash maqsadida tekshirish va reydlar o‘tkazilib, kompyuter markazlari egalarini “Counter-Strike” va “Grand Theft Auto” kabi video-o‘yinlarga kirishni cheklashga chaqirish kerak.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, idora kompyuter markazlari mas’ullari va ota-onalarga bolalar g‘ayri oddiy hatti-harakat namoyish etuvchi ilovalarni ko‘rishini nazorat qilishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘z navbatida, Madaniyat vazirligi “bu o‘yinlar mamlakatdagi madaniy va axloqiy me’yorlarga zid ekani, yoshlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani”ni ta’kidlagan.