Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda asosiy masala – Navoiy viloyati iqtisodiyotini o‘stirish, investitsiya, eksport va pirovardida, odamlar daromadini ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Viloyat respublikamizning qoq markazida joylashgan, boy tabiiy resurslar, yetarli infratuzilma va inson salohiyatiga ega hudud.

So‘nggi uch yilda navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab kelmoqda. Bog‘cha qamrovi 85 foizga yetib, respublikada 2-o‘ringa chiqdi.

Xalqimiz qazilma boyliklarining 20 foizi Navoiy zaminida. Viloyatda har yili 100 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsuloti yaratilmoqda. Hozirda viloyatda 15 milliard kilovatt soat elektr energiyasi chiqarilayapti, yana 5,2 gigavattli shamol va quyosh stansiyalari ishga tushish arafasida.

Mamlakatimizning eng muhim transport arteriyalarining 16 foizi Navoiy hududidan o‘tgan. O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda 240 kilometrli “Qo‘ng‘irot-Beynov” yangi yo‘li foydalanishga topshirildi.  Bu ham Navoiyning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.

O‘zA