Toshkentda “Farma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo ” III xalqaro kongress va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yirik tadbir O‘zbekiston farmatsevtika sanoati yetakchilari uchun investitsiya loyihalari menejerlari, yirik korxonalar, hokimiyat organlari, nazorat qiluvchi organlar, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziyalovchilari, ishlab chiquvchilar, distribyutorlar, uskunalar, muhandislik va dizayn, qurilish kompaniyalari, texnologiya va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni birlashtirdi.
Tadbirda “Uzgermed”, “Mediopharm”, “Dora line”, “Nika Pharm”, “Nobel Pharmsanoat”, “Zuma pharma”, “Grand Pharm Trade”, “Dori-Darmon”, “Dentafill Plus”, “LAFZ”, “Novopharma Plus”, “ALPHAONETAL PHAR” singari 200 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari va texnik direktorlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha eng yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, mavjud farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etilgan kongressda “Farmatsevtika sohasini rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashning o‘rni”, “Davlat va biznes o‘rtasidagi muloqot: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo farmatsevtika bozorining istiqbollari va muammolari“, “Davlatning yangi tashabbuslari va loyihalari nuqtai nazaridan farmatsevtika sanoatining maqsad va imkoniyatlari“ singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Mohigul Qosimova, O‘zA