Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro xotira turnirida 6 mamlakatdan 190 nafar merganlar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqaning kattalar o‘rtasidagi 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bahslarida hamyurtimiz Vladimir Svechnikov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, yoshlar orasida 10 metrdan pnevmatik miltiqdan otishda Dilafro‘z Qobiljonova ikkinchi bo‘ldi.

Shuningdek, kattalar va yoshlar yo‘nalishida10 metrdan pnevmatik miltiqdan otishda Javohir Sohibov, Dilafro‘z Qobiljonova, Ilhombek Obidjonov va Iroda Azimboyeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan oltin va kumush hamda 4 ta bronza jami 6 ta medalga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA