Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ko‘plab sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishib, xalqaro maydonda ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Yoshlar o’rtasida ilm-fan, sport, san’at va tadbirkorlik kabi sohalarda yuksak iqtidor va qobiliyatga ega bo‘lganlar soni ortib bormoqda. Bu esa nafaqat mamlakatimizning kelajagini yorqin etib ko‘rsatadi, balki yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishda davlatning ham muhim o‘rni borligini ko‘rsatadi.

Albatta, davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilib, malakali qadrlar yetishtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilyapti.

Qolaversa, OTM larda tahsil olayotgan yoshlarimiz o’rtasida iqtidorli, bilimli va faol talabalarimiz talaygina. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologoyasi va jurnalistika fakultetining internet jurnalistikasi yònalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Yusufboyeva Maftuna bunga yaqqol misol bòla oladi.

–Talabalikkacha boʼlgan izlanishlarimni aytadigan boʼlsam, sheʼrlarim tuman va respublika gazetalarida yoritilib borildi. Tòrtkul tumanidagi 29-son maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi, ustozim Muqaddas Hamroyeva meni intilishimdan kelib chiqib, koʼplab tanmov va tadbirlarga chorlaganlar. Ustozimning qilgan bu mehnatlarini haligacha ardoqlab, rahmatlar aytaman. Ustozim tumanimizdagi yosh ijodkorlarni bir joyga jamlagan “Onajonim – sheʼriyat” klubi rahbari, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi Munavvara Yusupova oldilariga olib borganlar. Men u yerda sheʼriyatning eng nafis tuygʼularini, uning inson ruhiyatiga taʼsir qiluvchi oʼtkir ijod sehrini oʼrganganman. Shu boisdan boʼlsa kerak, respublika “Doʼrmon” ijodkorlar va “Turon Yosh Qalamkashlari” ijodkorlar uyushmasiga aʼzo boʼldim-deydi yosh ixtidor egasi biz bilam suhbatda.

Maftuna maktabning 10-sinfida o’qib yurgan davrida “jurnalist24.uz” saytida muxbir boʼlib ishlash mobaynida juda koʼp maqola, xabar, intervyular tayyorlashga erishgan. Uning bu ixtidori Qoraqalpoq davlat universiteti etaklab,  jurnalistika yoʼnalishiga davlat granti asosida o’qishga kirish baxtiga muyassar bo’ldi.

Oʼqish davrida oʼz ustida izlanishdan toʼxtamagan u bu yerdagi muhit, ustozlaridan chuqur ta’lim-tarbiya olib, jurnalistikaga ishtiyoqi yanayam oshdi va  maqolalarini chet el gazeta va jurnallarida chop ettirishni boshladi.  Hozirda uning 30 dan ortiq maqolalari xorijiy davlatlarda chop etilgan. Xususan, Germaniyaning “Raven Cage”, Hindistonning ” Page 3 news” , Afrikaning “Kenya Time” va boshqalar bunga misol.

-Xalqaro maydon sari qadamlarim meni Argentinaning “Juntos Por Las” yozuvchi va shoirlar uyushmasiga aʼzo boʼlishimga sabachi boʼldi. Qolaversa,  universitetimizda boʼlgan turli tanlovlarda ham sovrinli oʼrinlarni egalladim. “Yil talabasi”, “Yilning eng yaxshi monolog egasi” kabi tanlovlarda golib bo’lishga erishdim. Hozirgi kunda bilamizki chet tillarini oʼrganish har bir yosh avlod uchun zarur boʼlgan ilmlaridan biri boʼlib kelmoqda, men ham ayni paytda ingliz tilini mukammal oʼrganib, chet elda, Germaniyada oʼqish niyatim bor. Sababi dunyoning eng top universitetlari o’rtasida, talabalar uchun eng sifatli va, albatta, yashash uchun ham hamyonbop davlat sifatida Germaniyani yaxshi bilaman. Universitetda oʼrgangan bilimlarim meni maqsadim tomon yetaklaydi va albatta O’zbekiston uchun kelgusida yaxshi malakali kadr bolib oʼz hissamni qoʼshishimga ishonchim komil-deydi ixtidorli talaba Maftuna Yusufboyeva.

Maftuna kabi  yoshlar òqib òrganib, nafaqat òzi, balki millatimiz ravnaqi uchun ulkan hissa qòshmoqda. Bunday avlod tarbiyalash, óstirish uchun diqqatimizni ilm-fan va ta’lim taraqqiyotini yanada rivojlantirishga qaratishimiz lozim, deb hisoblaymiz.

Gulnoza Ro’zimova,

QDU, Jurnalistika mutaxassisligi 4-bosqich talabasi.

Qoraqalpogiston axborot agentligi