Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchisi Jo Bayden dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berishga qaror qilgan.
– AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi umumiy saylovda barvaqt ovoz beradi, – deyilgan Oq uy e’lon qilgan xabarda. Umuman, amerikaliklarning ko‘pchiligi 5 noyabr kuni emas, balki oldindan ovoz berishi mumkin.
“The Wall Street Journal” nashri yozishicha, Respublikachi nomzod Donald Tramp saylovga ikki haftadan kam vaqt qolganda, prezidentlik poygasida vitse-prezident Kamala Xarrisni kichik farq bilan – 47×45 foiz nisbat bilan ortda qoldiryapti.