Nukus shahridagi 70-saylov uchastkasida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, shuningdek shahar va tuman Kengashlariga saylov faollikda davom etmoqda.

Ushbu hududda 2 ming 431 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 16 nafari saylovda birinchi bor  ovoz beruvchi yoshlarni tashkil etadi.  41 nafar saylovchi muddatidan avval saylovda ovoz bergan.

Ayni damda uchastkada saylov jarayonlari juda qizg‘in tus olgan. Hududda istiqomat qiluvchi 18 yoshga to‘lgan fuqarolardan tortib, nuroniy otaxonu onaxonlar o‘zlari munosib ko‘rgan nomzodlarga ovoz berib, ommaviy tadbirda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA