Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumat a’zolari, tegishli soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qo‘mitasi raisi Z.Reymova ma’ruza qildi. Deputatlar ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

Shuningdek, sessiyada Ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlari va ko‘p qavatli uy-joy fondining 2024-2025 yillarda kuz-qish mavsumida doimiy ishlashini ta’minlash yo‘nalishida hamda ko‘p xonadonli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining hisoboti, Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish borasida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Turizm boshqarmasining hisoboti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.