Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasidagi o‘z mehnat muhojirlari orasida so‘nggi payt yuzaga kelayotgan muammolardan xavotirda, dedi respublika parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Sergey Vakunov bilan uchrashuvda.
Qonunchilik organi matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qilishicha, spiker chorshanba kuni diplomatni lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan.
O‘zaro muloqot davomida migratsiya masalasi ham ko‘tarilib, Qirg‘iziston fuqarolari RF chegarasini kesib o‘tish va mehnat faoliyatini amalga oshirishda turli to‘siqlarga duch kelayotgani ta’kidlagan.
– Muammo bizni tashvishga solmasligi mumkin emas, – degan Shakiyev va elchini ushbu masala yuzasidan tegishli ish olib borishga chaqirgan.