Saylovga oid savolim bor…
27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda har bir fuqaro ishtirok etib, o‘z siyosiy tanlovini amalga oshirishi yurtimiz kelajagi uchun muhim hisoblanadi.
Fuqarolar saylash huquqi bilan birga qonunchilikda belgilangan tartibda saylanish huquqiga ham egadir.
Saylovchilardan kelgan navbatdagi savol Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodini qo‘yishni istagan fuqaro kimga, qayerga murojaat qilishi mumkinligi bilan bog‘liq.
Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Muxtabar Husanova quyidagi videohavolada bu savolga batafsil javob berdi.
Muhtarama Komilova,
Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA