Shu kunlarda G‘arb ommaviy axborot vositalari, go‘yoki, Ukraina bir-ikki hafta ichida yadro quroli yaratishi mumkinligi haqida tahdidli xabarlar tarqatmoqda.

Masalan, “Bild” gazetasi agar G‘arb NATOga qabul qilishdan bosh tortsa, Ukraina tezlikda yadro qurolini loyihalashi mumkinligini yozdi. Bunga javoban,  kuni kecha Prezident Vladimir Zelenskiy Kiyev hech qachon yadro quroli yaratishga tayyorlanayotganini aytmagani, mamlakat bunday modda ishlab chiqmayotganini ta’kidladi.

Bu gapni yetakchi payshanba kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan tashkil etilgan qo‘shma matbuot anjumanida aytgan.

– Ukraina bir necha hafta ichida yadro qurolini yaratishi va Rossiya armiyasiga qarshi qo‘llashi mumkin, – deb yozgan “Bild” qurol-yaroq xarid qilish sohasida ishlayotgan, ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldorga tayanib.

Bild: Kiyev пригрозил за несколько недель создать ядерное орuжие - РИА  Новости, 17.10.2024

– Bizda material bor, bilimimiz bor. Agar buyruq berilsa, birinchi bombani yasashimiz uchun bor-yo‘g‘i bir necha hafta kerak bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, bu bayonot bir necha oy oldin ushbu gazeta muxbiri ishtirok etgan yopiq brifingda yangragan. Rasmiy aniqlik kiritishicha, agar mojaro tugagandan keyin Ukraina NATOga qabul qilinmasa va Rossiya armiyasidan yangi harakat kuzatilsa, bu ssenariy amalga oshishi mumkin, deb hisoblanadi.

– G‘arb Rossiyaning emas, balki o‘zining qizil chiziqlari haqida ko‘proq o‘ylashi kerak, – deya ogohlantirgan mulozim.

Kiyevning bunday ssenariyga tayyorligi Zelenskiy so‘zlari bilan tasdiqlangan. Donald Tramp bilan uchrashuvda u “Yo Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘ladi va keyin ushbu qurol mamlakat mudofaasini ta’minlaydi yoki Kiyev “qandaydir ittifoqqa qo‘shilishga majbur bo‘ladi”, – degan ekan. Bu gapda Shimoliy Atlantika alyansi ko‘zda tutilgani aniq, chunki Zelenskiy ta’kidlashicha, bugun Ukraina uchun NATOdan boshqa samarali ittifoqchi yo‘q.

Darvoqe, sobiq sovet davrida Ukraina hududida yirik yadro arsenali joylashtirilgan edi. Ittifoq tarqalgach, mamlakat Yevropa qit’asida yirik yadro quroli zaxirasi joylashgan mustaqil davlatga aylandi. 1994 yil Ukraina, Rossiya, AQSH va Buyuk Britaniya birgalikda Budapesht memorandumini imzoladi. Mazkur hujjatga ko‘ra, ushbu ommaviy qirg‘in quroli zaxirasi yo‘q qilingan va buning evaziga yadroviy davlatlar Kiyev xavfsizligini kafolatlashga va’da bergan.

S.Rahimov, O‘zA