Xitoy Davlat statistika byurosi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda yillik hisobga nisbatan 4,8 foiz o‘sib, 94,974 trillion yuan yoki 13,337 trillion dollarni tashkil etgan.

Yil so‘ngida ushbu ko‘rsatkich taxminan 5 foizga yetishi kutilyapti. 5 mart kuni Xalq vakillari kengashi yillik sessiyasida e’lon qilingan hisobotda ayni maqsad “bandlikni rag‘batlantirish, uy xo‘jaliklari daromadini oshirish, xavf-xatarlar oldini olish va muammolarni bartaraf etish zarurati ekani, ushbu ko‘rsatkich 14-besh yillik dasturida belgilangan maqsadlar va umuman modernizatsiya bilan bog‘liq vazifalarga javob berishi” ta’kidlangan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘chmas mulk bozoridagi muammo va tashqi talab pasayishi asnosida Xitoy iqtisodiyoti joriy yil 4,6 foiz o‘sishini bashorat qilmoqda. Yevropa komissiyasi esa bu raqamni 4,7 tarzida keltirgan.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil Xitoy YAIM o‘sishi biroz sekinlashadi.

O‘tgan yil ko‘tarilish 2022 yilga nisbatan 5,2 foiz, ya’ni rasmiy farazdan sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.