Talaba yoshlarning turar joylari o’rganildi

Joriy yil oktabr oyining ikkinchi haftasidan boshlab Qoraqalpo’giston Respublikasi tumanlari va boshqa viloyatlardan kelib Nukus shaxrida vaqtinchalik ijarada o’qiydigan QDU talaba yoshlaring turar joylari mas’ullar va universitet tyutorlari tomonidan tekshirilib texnika xavfsiligi to’g’risida tushuntirishlar berib o’tildi.
Nukus shaxrining 21, 22 va 23 dahalarida ijarada turuvchi talabalar turar joylaridagi isitish quvurlari tozalanishi, uydagi boshqa shu kabi isitish vositalarining kuz va qish mavsumiga tayyor ekanligi talabalar kuratorlari tomonidan qat’iy nazoratdan o’tkazildi.
Bu chora tadbirlar qish mavsumida isitish vositalaridan is gazi ajralishining oldini olish haqida talabalarni ogohlantirish bilan birga olib borildi. Har bir mas’ul va kuratorlardan o’ziga biriktirilgan talabalarning turar joylaridagi isitish vositalari mavsumga tayyorlogi haqida kafillik xatlari olindi.

QDU talabalar turar joylari ham bundan mustasno emas. Yotoqxonadagi talabalarga. Tabiiy gaz moslama va qurilmalarini qarovsiz qoldirmaslik, gaz plitalari yonida tez alanga oladigan quruq material va shu kabi vositalardan ehtiyot bo’lib foydalanish va xonalarda qo’lbola elektr isitish vositalaridan foydalanmaslik haqida tushuntirishlar berilib kafolat xatlari olindi.
Nurbek Alimboyev
Berdaq nomidagi QDU Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi
Qoraqalpog’iston axborot agentligi