Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman sudining joriy yil 24 apreldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.R.dan soliq bo‘yicha yetkazilgan 462 million 864 ming 676 so‘m miqdordagi zarar pulini davlat foydasiga undirish belgilandi.

Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Jumladan, qarzdorning nomida aniqlangan 2 ta turar joy, 2 ta noturar joy va 1 ta COBALT rusumli avtotransport vositaciga taqiq o‘rnatildi. Shuningdek, qarzdor yoshga doir pensiya olayotganligi sababli undiruv uning pensiya ta’minotiga ham qaratildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor U.R.dan davlatga yetkazilgan 462 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri.