Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining joriy yil 5 sentyabrdagi ijro hujjati asosida qarzdor “Qaraqalpaq suw ta’miynati” aksiyadorlik jamiyatidan ishchi xodimlar B.B. va S.M.ga 20 million so‘m oylik ish haqi va ma’naviy zarar undirish belgilan edi.

Shunga qaramasdan, javobgar korxona tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqlari to‘lab berilmagan. Sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqa ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, harakatga kirishildi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida “Qaraqalpaq suw ta’miynati” aksiyadorlik jamiyatidan undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik to‘lig‘i bilan undirib berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.