FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Turizm va ekologiya”, “Chet tili”, “Madaniyat va san’at”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda jami 1 ming 17 nafar o‘quvchi bilim va mahoratini oshirmoqda.

Maskanda 50 nafarga yaqin malakali to‘garak rahbari faoliyat yuritadi. Ular mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun bor mahoratini ishga solmoqda.

“Tasviriy san’at” to‘garagi rahbari Dilfuza Qozoqova qariyb 20 yildan buyon yoshlarga rangtasvir san’ati sirlarini o‘rgatib keladi. O‘z ishiga fidoyiligi, talabchanligi va tashabbuskorligi bilan jamoa e’tiborini qozongan. Shogirdlarining ko‘pchiligi respublika hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli ko‘rik-tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Dilfuza Qozoqovaning sohadagi fidokorona mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, joriy yil O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida u “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA