Mamlakatimizda 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus “saylov.mfa.uz” sayti ishga tushirildi. Mazkur manba O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga muayyan yengillik yaratish maqsadida ochildi. Ya’ni, endi vatandoshlarimizda elektron tartibda murojaat qilib, konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shilish imkoni bor.

Shuningdek, mazkur platforma orqali xorijdagi fuqarolar eksterritorial tamoyili asosida o‘zlari tanlagan saylov uchastkasini o‘zgartirish orqali qo‘shimcha qulaylikdan foydalanishlari ham mumkin.