Prokuratura organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 iyuldagi farmoni bilan xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda.
Bosh prokuror o‘rinbosari – Departament boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Shusha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalarining forumida ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro tadbirda 7 davlatdan (Vengriya, Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi) tashrif buyurgan moliyaviy razvedka bo‘linmalari hamda bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Forumda ishtirokchilar tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy razvedka bo‘linmalari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro tajriba almashildi.
Bundan tashqari, forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati raisi Zaur Fatizada bilan ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu forumdagi ishtiroki ko‘p tomonlama idoralararo hamkorlikning yanada rivojlanishi hamda ilg‘or tajriba almashishga xizmat qiladi.
N.Abduraimova, O‘zA