O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 10 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari 11 oktyabr kuni turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.