O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.
Unga muvofiq:
chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish;
sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatib borish;
chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga sanitar tozalash korxonalari mablag‘lari hisobidan onlayn kuzatuv (GPS) tizimi o‘rnatiladi hamda mazkur texnikalarni kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun oylik to‘lovlarni markazlashgan holda amalga oshirish va bu orqali chiqindilarning belgilangan grafik va muddatlarga muvofiq olib chiqib ketilishini kuzatish imkoniyatlari yaratiladi;
sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi;
sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografii chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar beriladi;
abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatiladi.
O‘zA