Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.F.” xususiy korxonasi rahbari Y.R. tegishli ruxsatnoma olmasdan korxonaga qarashli dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, 855 turdagi, jami 48 391 dona umumiy bahosi 239 mln. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA