Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti davom etmoqda.
O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga kitobxonlik madaniyatini singdirish uchun alohida tanlov o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga avtomobil sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Mutasaddilarga bu ishlarni yanada ommalashtirish va kerak bo‘lsa, eng olis qishloqdagi maktablarga ham yetkazish topshirildi.
Buning uchun maktablardagi ma’naviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.
O‘zA