FVV Belgiya Qirolligi bilan hamkorlik qiladi
384
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Belgiya Qirolligida tashkil etilgan “eNovation” loyihasining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etdi.
Hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “yeNovation-kimyoviy, biologik, radiologik, yadroviy va portlash xavfiga ega moddalar xavfsizligi sohasidagi innovatsiyalar bo‘yicha o‘quv markazlarining kengaytirilgan tarmog‘i” loyihasining maqsad va vazifalari, rejalashtirilgan tadbirlar, xalqaro tadbirlarning tafsilotlari, ularni amalga oshirish sana va bosqichlari, moliyalashtirish jihatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, loyiha sheriklari va potensial universitetlar o‘rtasida aloqa hamda ularni boshqarish strategiyalari muhokama qilindi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA