Xalqaro dzyudo federatsiyasi “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
E’tiborli jihati ushbu reytingdan o‘zbekistonlik 13 nafar dzyudochi kuchli 20 talikdan o‘rin egalladi.
Ular orasida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasidan keyin yetakchilikni yanada mustahkamlab oldi. U to‘rt yillik o‘yinlarga qadar ham o‘z vaznida karvonboshilik qilib kelayotgandi.
Shuningdek, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizdan Muzaffarbek To‘raboyev 4-o‘rinda, Alisher Yusupov 8-o‘rinda, Davlat Bobonov 12, Doston Ro‘ziyev va Dilshodbek Baratov 15-16, Shahram Ahadov 5, Murodjon Yo‘ldoshev 8, Sharofiddin Boltaboyev 7, Shukurjon Aminova 20, Gulnoza Matniyozova 19-o‘rinda qayd etildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA