AQSH Prezidenti Jo Baydenning Hindiston, Yaponiya va Avstraliya Bosh vazirlari bilan QUAD (To‘rt tomonlama xavfsizlik muloqoti) formatidagi uchrashuvi yakuni bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonot shu haqda.
– Kiber makondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashuvi munosabati bilan QUAD davlatlari xavfsizlik sohasida kiber jinoyatchilar va davlatga daxldor bo‘lmagan boshqa shaxslar tomonidan yuzaga keltiriladigan umumiy tahdidlarga qarshi kurashish uchun hamkorlikni kuchaytirish niyatida, – deyilgan hujjat matnida.
Ta’kidlanishicha, to‘rt davlat kiber muhitdagi tahdidlar yuzasidan ko‘proq ma’lumot almashish orqali jamoaviy tarmoq mudofaasini kuchaytirish va texnik imkoniyatni yaxshilash bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga intiladi.
QUAD 2007 yil Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe tomonidan erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi qadriyatlarini baham ko‘radigan to‘rt davlatning norasmiy maslahat mexanizmi sifatida tashkil qilingan.
Yaponiya va Avstraliya tuzilmaga Qo‘shma Shtatlar ittifoqchisi sifatida kirgan bo‘lsa, ittifoqchilik munosabati bilan bog‘lanmagan Hindiston, asosan, Hind-Tinch okeani mintaqasida mustahkamlanib borayotgan o‘rni va Xitoy bilan keskinlashayotgan qarama-qarshilik tufayli mazkur guruhga qabul qilingan.