Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom etmoqda.
Davlat ob’ektlarini loyihalash va qurishda haligacha “resurs” usulidan foydalanilayotgani qayd etildi.
Kelasi yil 1 yanvardan qurilishda “resurs” usulidan voz kechib, “hajm” usuliga o‘tish rejalashtirilgan.
Lekin bu tizimni ishlatish tartibi haligacha tasdiqlangani yo‘q. Vazirlar Mahkamasiga bu jarayonni tezlashtirish topshirildi.
Mutasaddilarga o‘quv kurslarini tashkil qilib, loyihachi, pudratchi va nazoratchilarni yangi tizimda ishlashga o‘qitish, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiradigan 1 ming 300 dan ziyod ob’ekt “hajm” usulida qurilishini ta’minlash topshirildi.
O‘zA