Qurilish materiallari ishlab chiqarish ikki yilda 1,2 karra oshgan bo‘lsa-da, ko‘rilgan choralar hisobiga energiya sarfi 1,3 barobar, energiya sig‘imi 1,6 barobar kamaydi.

Bugungi kunda ilg‘or xorijiy korxonalar ishlatib bo‘lingan issiqlik energiyasidan qayta foydalanish orqali elektr ishlab chiqarish texnologiyasini faol qo‘llamoqda.

Misol uchun, Navoiydagi “Qizilqumsement” pechlarni, issiqlik almashish uskunalarini rekonstruksiya qilib, yiliga 37 million kilovatt soat elektr iqtisod qildi.

Mutasaddilarga energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada 1 noyabrgacha energoauditni yakunlab, yiliga 300 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilishni ta’minlash topshirildi.

O‘zA