Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun 50 ming gektar yer ajratish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimliklarga yana qo‘shimcha 50 ming gektar yer topish, ular negizida 200 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish topshirildi.

So‘x, Baxmal, Pop, Ohangaron tumanlarida sanoatlashgan “in-vitro” bog‘lar yaratish tajribasini butun respublikaga yoyish zarurligi qayd etildi.

Bunda, “ipoteka bog‘lari” yaratilib, hosilga kirganidan keyin odamlarga 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga beriladi.

Bog‘ yarataman, degan tadbirkorga yerni arzon krediti va tayyor loyihasi bilan birga beradigan tizim bo‘ladi.

Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yib, shu yilni o‘zida 14 ming, kelgusi yil 29 ming gektarda mana shunday bog‘ va tokzorlar tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA