“Manager-Magazin” nashri xabar berishicha, Germaniyaning “Volkswagen” avtomobil konserni o‘rta muddatda 30 ming nafargacha ishchisini bo‘shatmoqchi.

Qisqartirish tarafdorlari fikricha, hozirgi 130 ming xodim 30 ming kishiga kamayishi kerak.

Shuningdek,  o‘rta muddatli istiqbolda investitsiyani taxminan 20 milliard yevro qisqartirish masalasi  ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan.

Konsern rahbari Oliver Blume ta’kidlashicha, “Volkswagen”  raqobatchilarda Yevropaga kirib kelish istagi kuchaygani va mamlakatning raqobatbardoshligi pasayishi tufayli tejamkorlik yo‘liga o‘tmoqda. Kompaniya ishdan bo‘shatish holatlari va Germaniyadagi ishlab chiqarish korxonalari yopilishini istisno etmadi.

“Bild” gazetasi qisqartirish 2025 yil 1 iyuldan boshlanishi mumkinligini yozgan.

Kasaba uyushmalari allaqachon konsern rejasiga, jumladan, ish tashlashga qarshi chiqishga tayyorligini e’lon qilgan.

Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi hisobot berib, iyul oyida “Volkswagen Group” tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foiz tushganini ta’kidlagan.