NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidlashicha, Ukrainaning NATOga qabul qilinishi mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatish va xavfsizlikni ta’minlash kafolati hisoblanadi.
– Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasdan turib barqaror tinchlikka erisha olmaydi, – dedi u nemis matbuotiga bergan intervyusida. – Bizning eshiklarimiz ochiq, Ukraina ittifoqqa a’zo bo‘ladi. Bu davlatga qurol yetkazib berish xavfsizlik kafolatini ta’minlash uchun zarur. Jarayon qanday shakllantirilishini yetakchi ittifoqchilar, jumladan AQSH muvofiqlashtirishi kerak. NATOning 5-moddasini joriy etish Ukraina uchun eng yaxshi kafolat bo‘ladi.
Shu bilan birga Bosh kotib alyansga qo‘shilish uchun barcha a’zolar bir ovozdan rozi bo‘lishi shartligini ham eslatdi.