AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampga nisbatan qo‘yilgan jinoiy ayblov uning oliy davlat lavozimiga qayta saylanish imkoniyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu fikrni Respublikachilar partiyasi nomzodining sobiq advokati Jo Takopina bildirgan.
Navbatdagi prezidentlik sayloviga bir yarim oycha vaqt qolganda Trampning qayta saylanish imkoniyatini sharhlarkan, advokat shunday deydi:
– Hozirgi bosqichda, fikrimcha, ayblov hech qanday ahamiyatga ega emas. Faqat ayrim fuqarolar sudlangan yoki ishi ko‘rib chiqilayotgan nomzodga ovoz berishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Trampni qonuniy javobgarlikka tortish masalasi hozir “ikkinchi darajali” xususiyatga ega. Bu tarafdorlar yoki muxoliflar fikrini o‘zgartirolmaydi.