O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha yangi tayinlangan mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Jumladan, tomonlar kiberjinoyatchilik, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda ushbu muloqot huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga turtki berishi alohida ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA