Prezidentimizning 2024 yil 30 apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, uy-joy uchun subsidiyalarga arizalar berish 23 sentyabrdan boshlanadi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 бараvaриdaн (2 mln 835 ming so‘m) 8 бараvaригача (8 mln 400 ming so‘m);

– Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 бараvaриdaн (2 mln 835 ming so‘m) 9,2 бараvaригача (9 mln 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.

Sh.Mamaturopova, O‘zA