Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tgan “TCS Sydney Marathon”ning 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarida o‘zbekistonlik Dilfuza Allayarova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mutaxassisligi o‘qituvchi bo‘lgan 54 yoshli hamyurtimiz belgilangan masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA