Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Qo‘shni davlat ommaviy axborot vositalari yozishicha, muzokara yakunida Prezident Qosim-Jomart Toqayev va Kansler Olaf Shols tomonidan Qozog‘iston Respublikasi va Germaniya o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.
Rasmiy delegatsiyalar a’zolari ham o‘zaro qator hujjatlarni imzolashdi. Yangi kelishuvlar bank, ta’lim, ijtimoiy himoya kabi muhim sohalarni qamrab olgan.