“Euronews”, “DW” kabi ko‘hna qit’aning qator yetakchi nashrlariayni kunlarda asosiy e’tiborni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelganiga qaratmoqda.

Maqolalarda davlatimiz rahbari janob Sholsni Registon maydonida kutib olgani, oliy martabali mehmon yurtimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyati ifodasi – YNESCO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan dunyoga mashhur majmua  tarkibidagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari bilan tanishtirilgani, ushbu jozibador madaniy ob’ektlarimiz o‘z salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan GFR delegatsiyasi a’zolarida chuqur taassurot qoldirgani e’tirof etilgan.

Samarqandda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani, Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortib, Prezident Shavkat Mirziyoyev Federal Kanslerni shohsupaga taklif etganiga urg‘u berilgan.

Ko‘hna va hamisha navqiron shaharda kechgan samarali muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilingani, rasmiy tashrif doirasida 8 ta hujjat, jumladan, Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangani ta’kidlangan. Migratsiya sohasiga doir ushbu kelishuv malakali o‘zbek ishchilarining Germaniyaga borishini osonlashtirishini nazarda tutadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA