Minsk shahrida “Belarus transport haftaligi-2024” xalqaro ixtisoslashtirilgan forumi davom etyapti.
Anjuman doirasida o‘tkazilgan “Yevrosiyo transporti va logistikasi: yangi imkoniyatlar” mavzusidagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforov mintaqalar va davlatlar aro aloqani mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratdi. Transport-logistika sohasidagi faoliyatning muhim qismi sifatida, ayni jarayon yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha davlatlarimiz ilgari surayotgan maqsadlarga to‘liq javob berishini ta’kidladi.
– Hozirgi bosqichda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan, o‘zaro muvofiqlashtirilgan rejalarni ro‘yobga chiqarish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan, – dedi mamlakatimiz vakili.
Sh.Mamaturopova, O‘zA